Akinfeev Messidan o'tib ketdi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2024, 14:01
SSKA posboni Igor Akinfeev RPL doirasida "Dinamo Maxachqala" (1:0) bilan o'yinda maydonga tushdi.

Bu bahs posbon uchun "armiyachilar" safidagi 779-o'yinga aylandi.

Akinfeev bitta klubdagi o'yinlar soni bo'yicha Lionel Messini ortda qoldirdi. Argentinalik hujumchi "Barselona" safida 778 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Bu boradagi mutlaq rekord Rayan Giggzga tegishli. Uelslik sobiq futbolchi MYU safida jami 963 ta bahsda ishtirok etgan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru