Koreya chempionati. "Kanvon" Aliboevning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023
Koreya K-ligasi 28-turidan o'rin olgan "Kanvon" – "Poxang Stilers" uchrashuvi yakuniga etdi.

Mazkur uchrashuvda "Kanvon" chempionat yetakchilaridan biri "Poxang Stilers" bilan durang o'ynashga erishdi. E'tiborlisi, 27-daqiqada maydonga tushgan yarim himoyachi Ikrom Aliboev 34-daqiqada raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qilib, muvozanatni tikladi. (VIDEO)

Koreya chempionati

28-tur

"Kanvon" – "Poxang Stilers" 1:1

Gollar: Ikrom Aliboev (Xun Gug) 34' – Xon Yun 17'

28 turdan so'ng "Kanvon" so'nggi pog'onani egallab turibdi. Jamoaning keyingi uchrashuvi 1 sentyabr kuni safarda "Tegu"ga qarshi kechadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia