

Ko'tarinki ruhda o'tgan bgungi mashg'ulotidan so'ng yozgi transferlar oynasida tarkibiga kelib qo'shilgan italiyalik hujumchi Martin Boake fikrlarini bildirib o'tdi.
"AGMKga kelganimdan juda xursandman. Bu katta oilaning a'zosi bo'lish ulkan mas'uliyat yuklaydi. Jamoa bosh murabbiyi va futbolchilar haqida ham fikrim ijobiy. Maqsadim gollarim bilan jamoamga yordam berish va muxlislarga zavq ulashish. Ko'p gol urishni istayman. Yangi jamoada debyut qilishga ham ulgurdim. Menimcha hammasi hali oldinda. "Lokomotiv" bilan bahsga tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda. Ushbu o'yinda g'alabani o'z tomonimizga og'dirishga harakat qilamiz",- deydi Boake.



