Konseysau "Portu"ning "Inter"ga qarshi o'yinidan qoniqish hosil qildi
Sherzod Nurmatov
23 fev 2023
"Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi birinchi o'yinida "Inter"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
"Bugungi o'yinimiz ushbu musobaqa darajasiga mos keldi. Qarama-qarshilikning faqat yarmi ortda qoldi. "Dragau"da bizni yana 90 daqiqa kutmoqda", – dedi Konseysau.
Javob uchrashuvi 14 mart kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.