

28 yoshli futbolchi "Fenerbaxche" bilan shartnoma tuzadi. Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi. Futbolchi va Turkiya jamoasi shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Endi faqat tomonlar transfer narxini aniqlab olishsa bo'lgani.
Kolumbiyalik hujumchi yakunlangan mavsumda "Sporting" safida 53 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 38 ta gol va 9 ta assist bor.
Eslatib o'tamiz, Luis Suares Kolumbiya terma jamoasi safida Jahon chempionatida O'zbekistonga qarshi maydonga tushishi mumkin.



