Kolumbiya JCH saralashida 6 ta o'yindan buyon gol ura olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
29 yanv 2022
Kolumbiya JCH-2022 saralashi doirasida o'z maydonida Peruga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

Kolumbiyaliklar oltinchi o'yindirki, raqib darvozasiga gol ura olmayaptilar. Bu mazkur musobaqa tarixida (Janubiy Amerika JCH saralashi nazarda tutilmoqda) ikkinchi natija hisoblanadi. Bungacha Paragvay terma jamoasi ham JCH saralashida ketma-ket 6 ta o'yinni gol urmasdan yakunlagan. 

Kolumbiya navbatdagi o'yinini 2 fevral kuni Argentina terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Joe