

"Milonarios" klubining 18 yoshli a'zosi Santyago Kastrilon o'yin paytida hayotdan ko'z yumdi.
Voqea 22 mart kuni 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi milliy chempionat bahsida sodir bo'lgan. Yosh iqtidor egasi kutilmaganda maydonda hushini yo'qotgan. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko'rsatilib, shifoxonaga etkazilgan bo'lsa-da, shifokorlarning urinishlari naf bermadi.
"Shifokorlarning say-harakatlariga qaramay, Santyago o'ziga kelmay, yakshanba kuni vafot etdi. Biz o'zimizning 10-raqamli futbolchimiz, qadrli do'stimiz bilan chuqur qayg'u ila xayrlashamiz. Santyago shunchaki futbol o'ynamasdi, u futbol bilan yashardi", - deyiladi klub rasmiy bayonotida.



