

O'yin AQSHning Lendover shahrida bo'lib o'tdi va Fransiya foydasiga 3:1 hisobida yakunlandi. Dezire Due g'alaba ikkita gol urdi, Markus Tyuram esa bitta to'p kiritdi. Kolumbiyaliklardan Xaminton Kampas gol muallifiga aylandi.
Kolumbiya – Fransiya 1:3
Gollar: Kampas 77’ – Due 29’, Tyuram 41’, Due 56’
Kolumbiya: Montero, Munos, Sanches, Kabal, Moxika (Mashadu, 63), Rios (Puerta, 46), Lerma, Arias (Gomes, 46), Xames Rodriges (Kintero, 63), Dias (Kampas, 63), Suares (Kordoba, 46).
Fransiya: Samba, Kalulu, Lakrua, Ernandes, Din, Zair-Emeri (Kamavinga, 64), Kante, Akliush (Kolo-Muani, 63), Sherki (Olise, 78), Due (Ekitike, 63), Tyuram (Mbappe, 78).
Ogohlantirishlar: Tyuram (39), Due (50), Puerta (61), Kamavinga (74).


Ikki jamoa ham 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi. Fransiya "I" guruhida Senegal, Norvegiya va pley-off bosqichi g'olibi bilan to'qnash keladi. Kolumbiya esa "K" guruhida Portugaliya, O'zbekiston va Kongo DR/Yamaykaga qarshi o'ynaydi.



