"Nevaralarimga aytib beradigan gapim bor". Falkao Ronaldu va Messi davrida yashagani haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2026
"Atletiko Madrid" va Kolumbiya terma jamoasi sobiq yulduzi Radamel Falkao o'z vaqtida "Oltin to'p" uchun kurashgani va o'sha davrdagi raqobat haqida to'xtalib o'tdi.

Eng yuqori nuqta: 2012 yilgi so'rovnomada Falkao Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Andres Inesta va Xavidan keyin 5-o'rinni egallagan edi.

"Yo'lbars"ning etirofi:

"Bunday futbolchilardan keyingi o'rinda bo'lishning o'zi katta gap. Ayniqsa, Aguero va Forlan ketganidan keyin tarkibni yangilayotgan "Atletiko"da o'ynab bu natijaga erishish oson bo'lmagan.

Har bir futbolchi ham nevaralariga bunday voqealarni aytib bera olmaydi (kuladi). Albatta, "Oltin to'p"ni yutishni orzu qilganman, lekin men Ronaldu va Messi avlodidanman. Ispaniyadagi ikki yillik faoliyatimda 24 ta va 28 ta gol urdim. Agar ular bo'lmaganida, men to'purar bo'lardim (jilmayadi)", - deydi Falkao.

Falkao o'z faoliyatining eng yuqori cho'qqisi sifatida "Atletiko"dagi ikkinchi mavsumini bilishini va o'sha paytda har qanday raqib uchun xavfli bo'lganini ta'kidladi.

Chindan ham, Messi va Ronaldu bo'lmaganida, futbol tarixida "Oltin to'p" egalari mutlaqo boshqacha bo'larmidi?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe