Koke Oblakni dunyodagi eng yaxshi darvozabon deb hisoblaydi

Alisher
16 mar 2022
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke "Manchester Yunayted" (1:0)ga qarshi 1/8 final javob o'yini doirasidagi bahsdan so'ng Yan Oblakni dunyodagi eng kuchli darvozabon deb hisoblashini tan oldi.

"Oblakni dunyodagi eng kuchli darvozabon deb hisoblayman. Bugun u bu narsani yana bir bor isbotladi", - deydi Koke.

Ilk o'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. 

"Atletiko"ning raqibi 18 mart kuni bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com