Klublarimiz ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil qilinishi mumkin. Unda Turkiya va Ozarboyjon klublari ham bo'ladi

4 iyun 2020, 02:14
Gap shundaki, Turkiya futbol federatsiyasining tashqi aloqalar qo'mitasi a'zosi Gyurkan Teoman turkiy davlatlar o'rtasida futbol turniri tashkil qilish tashabbusini bildirdi.

U bo'lajak musobaqani "Turon Kubogi" deb nomlashni taklif qilgan. Mazkur g'oyani amalga oshirish borasidagi birinchi qadam turnirni tashkil qilish uchun ishchi guruh tuzilganidir.

Gyurkan Teomanning fikricha, yangi musobaqa klublarga xalqaro o'yinlar tajribasini oshirish uchun yordam beradi va moliyaviy jihatdan foydadan xoli bo'lmaydi. 

"Bu jamoalarning ichki chempionatlardagi natijalariga ta’sir qilmaydi, ishtirokchi klublarning teletranslyatsiya va xomiylardan oladigan daromadini ko'paytiradi. Bundan tashqari, klublar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydi", - dedi funkcioner.

Ushbu reja amalga oshsa, turnirda O'zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Kipr klublari, shuningdek, boshqa davlatlarning turkiy xalqlari ham ishtirok etishi mumkin.


Manba: azerisport