Klaudio Raneri BAA terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
12 apr 2017
BAA terma jamoasi bosh murabbiy Mahdi Ali iste'foga chiqqanidan xabaringiz bor.

Ahdaaf nashri xabariga ko'ra bo'sh qolgan lavozimga to'rt nafar murabbiy davogar bo'lib turibdi.

Bular yaqinda Argentina terma jamoasini tark etgan Edgardo Bausa, "Lester"ni APL chempioni qilgan Klaudio Raneri, Germaniya va AQSH terma jamoasi sobiq ustozi Yurgen Klinsmann hamda Peru terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Gareka.

BAA terma jamoasi JCH-2018 saralashida o'z guruhida 7ta o'yindan so'ng 9 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Yaponiya va Saudiya Arabistonida 16tadan, Avstraliyada esa 13 ochko bor.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia