Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida Krishtianu Ronaldu rekordini takrorladi

Khoja
21 yanv 2026, 11:00
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida "Monako"ga qarshi o'yinda (6:1) dubl qayd etib, portugal yulduzi Krishtianu Ronaldu qo'ygan yutuqni takrorladi.

Opta Sport ma'lumotiga ko'ra, Mbappe joriy mavsum Chempionlar Ligasida 11 ta gol urdi - bu guruh yoki umumiy bosqichdagi barcha o'yinchilar orasida eng yaxshi natija. Xuddi shuncha gol Ronaldu tomonidan 2015/2016 yilgi mavsumda urilgandi.

Qayd etish joizki, joriy mavsumda klub darajasidagi barcha turnirlarda Mbappe 26 o'yinda 30 gol urib, 5 ta golli uzatish muallifi bo'ldi.


KhojaMuallif
Manba: Opta