Keza Italiya terma jamoasiga chaqiruvdan bosh tortdimi?

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Liverpul" vingeri Federiko Kezaning noyabr oyida bo'lib o'tadigan JCH-2026 saralash bosqichi o'yinlarida milliy terma jamoa safida o'ynamasligini aytdi.

"Men u bilan tez-tez gaplashib turaman. Har birimizda o'ziga yarasha tashvish bor, qarorlarni hurmat qilishimiz kerak. Bir-birimizga nima deyishimizni juda yaxshi bilamiz va men o'yinchining menga aytganlarini inobatga olishim kerak. Boshqa hech narsa deya olmayman", – dedi Gattuzo.

28 yoshli futbolchi ushbu mavsum "Liverpul" safida 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.

Italiya terma jamoasi 13 noyabr kuni Moldova va 16 noyabr kuni Norvegiya bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano