Kerrik: "Old Trafford" - alohida lahzalar yuzaga keladigan joy"

Iskandarov Abdulaziz
2 fev 2026
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik APL 24-turi doirasida uyda "Fulxem" ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Siti" bilan o'yindan oldin ham aytganman, bu juda o'ziga xos joy ("Old Trafford" stadioni), bu erda alohida lahzalar yuzaga keladi. Yigitlarga hurmat bildirishim kerak: bizni qiyin o'yin kutayotganini yaxshi tushungandik. Bir hafta davomida mendan past blokda himoyalanadigan jamoalarni qanday ochishimiz, yutmasligimiz kerak bo'lgan raqiblarni qanday engishimiz haqida so'rashdi. Oxirgisi "Fulxem"ga taalluqli emas - bu juda yaxshi jamoa.

Oldimizda ko'plab savollar bo'lishini kutgandim. Bir hafta davomida futbolchilarimga "Fulxem" qanchalik kuchli ekanini uqtirib keldim. Faqat yaxshi o'ynasak, albatta g'alaba qozonamiz, deb o'ylamaslik kerak. Tanaffusda o'yin aynan men kutgandek kechayotganini, jiddiy raqibga qarshi katta mehnat qilishimiz kerakligini aytdim. Ular "Manchester Siti"ga 1:5 hisobida yutqazishgan, ammo keyin shunday bosim o'tkazishdiki, hisobni 4:5 gacha olib kelishdi.

Yigitlardan minnatdorman. O'tgan hafta oxirida gol o'tkazib yubordik, keyin esa g'alabaga erishdik. Bugun esa bu yanada og'irroq bo'ldi, ammo Benjamin g'alaba golini urdi", - deya Kerrikning so'zlarini klubning rasmiy sayti keltiradi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia