Karim Benzema: "Fransiya termasi jamoasidan chaqiruv kutmayapman"

17 fev 2019, 23:18
"Real" hujumchisi Karim Benzema Fransiya termasidan taklif kutmayotganini aytib o'tdi.

"Fransiya termasi jamoasidan chaqiruv kutmayapman. Terma jamoa Jahon chempionatida g'alaba qozondi. Yangi yosh avlod shakllanmoqda va ular juda yaxshi formada. Terma jamoaga barcha yaxshi narsalarni tilab qolaman", – dedi Benzema Téléfoot efirida.

2007 yil mart oyida debyut qilgan fransiyalik forvard terma jamoasi tarkibida 81 uchrashuvda 27 ta gol urgan. Benzema 2015 yil avgust oyidan beri Matyo Valbuena bilan bo'lgan mo'jaro sababli Fransiya terma jamoasi safida o'ynamayapti.


Manba: en.as.com