Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston OTJ Dohada yig'in o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
6 mar 2024, 12:18
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Dohada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.

Timur Kapadze shogirdlari yig'in doirasida Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

U-23 Xalqaro o'rtoqlik o'yinlari

Qatar - O'zbekiston

23, 26-mart.

Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати