"Al Ahli" - ketma-ket ikkinchi bor Elit Osiyo chempionlar ligasi g'olibi!

25 apr 2026, 23:55
"Al Ahli" va "Matida" o'rtasida Elit Osiyo chempionlar ligasi final o'yini bo'lib o'tdi.

E'tiborlisi, ushbu o'yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

O'yinning 68-daqiqasida “Al Ahli” himoyachisi Zakariya Al Xavsavi maydondan chetlatildi. 90+5 daqiqada yana mezbonlar safida zaxiradagi yarim himoyachi Muhammad Abdulrahmon qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

Bahsning asosiy vaqti 0:0 bilan yakunlandi. Ekstra taymlarda urilgan yagona gol esa bahs taqdirini hal qildi. 96 daqiqada Firas Al Buraykan jamoasiga chempionlikni taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubi ketma-ket ikkinchi bor Elit Osiyo chempionlar ligasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

2026-04-25 21.01.49.jpg2026-04-25 21.01.54.jpg


Manba: championat.asia