

Bu yil ushbu zalga 10 futbolchi kiritildi: Oliver Kan, Volfgang Overat, Berti Fogts, Klaus Fisher, Mixael Ballak, Rudi Feller, Andreas Meller, Xans-Yurgen Derner, Xelmut Shen, Yurgen Klinsmann.
Eslatib o'tamiz, Kan va bir qator futbolchilar 2019 yil Shon-sharaf zalidan o'rin olishi ma'lum bo'lgandi. Biroq, pandemiya tufayli rasmiy marosim 2 yildan so'ng, aniqrog'i bugun o'tkazildi.




