

Kamoliddin Tojiev: - Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Ikkita to'p kiritdik. Tanaffusdan so'ng esa avvalgi bahsda ko'p kuch yo'qotganimiz sezildi. O'yin oxirlarida har ikki tomonda vaziyatlar bo'ldi. Bugun g'alabaga erishganimiz eng muhimi bo'ldi.
- Turdimurodovning maydonga tushishida nima muammo ro'y berdi?
- Getrasida yirtiq joyi borligi sabab yordamchi hakam chiqarib yubordi, bosh hakam sariq kartochka berdi, to'g'risi tushunmadim nima bo'lganini.
- Terma jamoa yig'ini boshlanganda Kubok o'yinlari davom etadi, bu “Paxtakor”ga qiyinchilik tug'diradimi?
- Albatta, lekin shunga majburmiz, o'ynash kerakmi, o'ynaymiz.
- Agar O'zbekiston Kubogi pley-offida hozir “G'azalkent”ni boshqarayotgan Tojievlar sulolasining yana bir vakili bilan to'qnash kelsangiz…
- Yaxshi bo'lardi, qiziq o'yin bo'ladi.
- Tahsinning terma jamoa tasarrufidagi vaqti ko'payib kyetmadimi?
- Samolyot bilan bog'liq muammo tufayli qolib ketdi. Biz uni “Neftchi” bilan o'yinga kutgandik.



