Kamoliddin Murzoev: "Katanets Iskanderov haqida? Bu o'zbek futboli va futbolchimizga hurmatsizlik"

Iskandarov Abdulaziz
20 sen 2022, 19:15
Xabaringiz bor, kecha O'FA anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Sloveniyalik murabbiyning terma jamoaga chaqirilmagan Jamshid Iskanderov borasida bildirgan fikri ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. Shuningdek, mantiqqa to'g'ri kelmaydigan gaplari turli tanqidlarni keltirib chiqardi. O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev ham o'z munosabatini bildirdi. 


Srechko Katanets: "Iskanderov Kamerunga qarshi o'ynay olmaydi. Ular jismoniy tomonlama baquvvat futbolchilarga ega"

Eshitdik-da! Katanets Iskanderovni nima uchun bo'lajak yig'inga chaqirmagani ma'lum


- Futbolchilar uyushmasi sifatida terma jamoa murabbiyimizning fikrlariga tanqidiy qarayman. Chunki Jamshid Iskanderov borasida aytgan so'zlari nafaqat o'zbek futbolchilari va futboliga bo'lgan hurmatsizlik, deb o'ylayman. Fikrimcha, Katanets hali o'zbek futboliga katta yutuqlar olib kirgani yo'qki, o'yinchilarimiz haqida bunday gapirsa. Bizning asosiy maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish. Bu yo'lda tabiiyki Avstraliya singari kuchli terma jamoalar raqibimiz bo'ladi. Mazkur uchrashuvlarda o'z rejamiz bo'lmasidan, B reja yani bo'ydor ijrochilarni tushirish noto'g'ri. Chaqirilmagan futbolchiga nisbatan bo'y bilan bog'liq gapni aytishi to'g'ri emasdi. Biz ushbu masala yuzasidan O'FAga o'z munosabatimizni bildirmoqchimiz.


- Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarga qandaydir g'ayrioddiy qarash yoki noloyiq degan fikrlarimiz yo'q. Asosiy narsa terma jamoadan tushib qolgan futbolchilarga nisbatan murabbiyning fikrlari. 

- Eldor Shomurodovga kelsak, uning o'zini fikrlarini bilishimiz kerak. Terma jamoaga kelib 2ta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish muhimmi yoki klub bilan shug'ullangani. Chunki "Roma"da o'rnini topib ketishi terma jamoamiz uchun foyda bo'ladi. 


- Katanetsning Husayinga nisbatan fikri ham noprofessional, deb o'ylayman. Futbolchi o'z jamoasida jamoa o'yini yoki murabbiy talabiga qarab to'p tepadi. Pressingda ko'proq o'ynashini aytishi etikaga ham to'g'ri kelmaydi. Husain "Nasaf" o'yinlarida men ko'proq pressing qilishim kerak degan fikrda o'ynashi kerakmi yoki Berdievga jamoamiz ko'p pressing uyushtirishi kerak deyishimi?Terma jamoaga kimni chaqirish yoki chaqirmaslik murabbiyning ishi. Buni to'g'ri tushunaman


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia