Kalidu Kulibali: "Umid qilamanki, bir kun kelib Mane ham "Oltin to'p"ni oladi"

Mirjalol Normatov
15 may 2022
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalining fikriga ko'ra, "Liverpul" hujumchisi Sadio Mane "Oltin to'p"ga loyiq.

- Sevimli futbolchingiz kim?

- Sadio Mane. U bilan termada birga o'ynaymiz va doimo uchrashib turamiz. Umid qilamanki, u ham bir kun kelib "Oltin to'p"ni oladi.

- Benzema haqida nima deysiz?

- Uni qattiq hurmat qilaman. Karim dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biriligini anchadan buyon aytib kelaman. Unga qarshi o'ynash juda qiyin. Chunki Benzema doimo aqlli o'ynaydi. 4 yil oldin qarshi o'ynaganimda uni dunyoning eng yaxshi hujumchisi degandim. Hozir esa u bu fikrim xato bo'lmaganligini isbotlamoqda, - dedi Kulibali.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal