Kafu: "Fransiya juda yaxshi harakat qilmoqda, ammo Xorvatiya juda omadli o'yin ko'satyapti"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2018, 11:16
Braziliya terma jamoasi bilan ikki marta jahon chempioni bo'lgan Kafu Fransiya hamda Xorvatiya o'rtasida o'tkaziladigan JCH-2018 finali haqida fikr bildirdi.

"Ha, Fransiya yaxshi harakat qilmoqda, ammo Xorvatiya juda omadli o'yin ko'rsatyapti. Murabbiylar shtabi o'yinni qo'shimcha vaqtgacha cho'zish borasida ko'rsatma bermagan bo'lsa kerak.

Finalda hech kim tavakkal qilmaydi. Biz gollarga boy ochiq futbol ko'rmaymiz" - deydi Kafu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Известия»