

Manba yangi ma'lumot bilan bo'lishdi. Londonliklar futbolchi bilan kelishib olishdi. “To'pchilar” Brunu bilan besh yillik mehnat shartnomasini kelishib olishdi.
Brunu Gimarayns "Nyukasl" safida 195 ta o'yin o'tkazgan. Unda yarim himoyachi 31 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.



