Joze Mourinyo: "Suonsi" ustidan qozonilgan g'alaba biz uchun muhim edi”

Aslanov Jasurbek
7 noya 2016, 11:21
Angliyaning “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning navbatdagi turida “Suonsi” ustidan (3:1) qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

“Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Uchrashuvni nazorat qila oldik.Fernando Lorentoni qo'riqlashimiz kerakligini bilardik. Ayrim futbolchilar o'z poziciyalarida o'ynamadi. Bular, Yang, Darmian va Rashford. Uchrashuvdagi g'alaba juda ham muhim edi. Xalqaro musobaqalar sababli qisqa muddatli tanaffusga mana shunday ruhda chiqib ketmoqchi edik”, - deya fikr bildirdi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC