Aliqulov jamoasiga APLdan futbolchi kelib qo'shiladi

Оқил Абдубарноев
14 sen 2023
Yarim himoyachi Jonjo Shelvi Turkiyaga ko'chib o'tmoqda.

"Nottingem Forest" klubi sayti orqali 31 yoshli futbolchining "Rizespor"ga ijara asosida ketayotganini e'lon qildi. Klublar o'rtasidagi kelishuv 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Angliya jamoasi Shelviga mavsumning qolgan qismida omad tiladi.

Eslatib o'tamiz, Jonjo Shelvi 2023 yilning boshida ingliz jamoasi safiga ko'chib o'tgandi. Yarim himoyachi "o'rmonchilar" safida sakkizta o'yin o'tkazdi.

Tarkibida o'zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov ham to'p tepayotgan “Rizespor” hozirda Superliga turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk