

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru 2024 yilgi Yevropa chempionatidan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
"Albatta, terma jamoada o'ynashni sog'inaman, ammo vaqtim tugayapti. Biz yoshlarga yo'l berishimiz kerak", – dedi futbolchi.
Jiru Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U terma jamoa safida 57 ta gol urgan. Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioniga aylanib, Millatlar Ligasi g'olibi bo'lgan.



