

"Arsenal" uzoq vaqtdan buyon tanqidlar ostiga olinayotgandi va ular bundan o'zlariga kela olishmayotgandi. Ular o'yin uslubini mazmundan, jismonan kuchli jamoalarga qarshi yumshoq o'ynashdan, Yevropaning kuchli jamoalariga qarshi o'yinlarda mahorat yetishmasligidan, eng muhimi - kerakli paytlarda ayyorlik orqali o'yinni boshqara olmaslikdan ko'p tanqid qilingandi.
Sovrinlar qo'lga kiritilmaganidan keyin bu gaplar negativ sifatida qabul qilindi va barchasini oyog'ini osmondan qilib yubordi.
Arteta uchun to'rt frontda yuqori intensivlikda kurashish muhimroq bo'lgan va u shu sababli uzoqni ko'ra oldi, shuningdek, jamoani qayta qurishda qo'rqmadi. Bu o'zgarishlar orqali men "Chelsi"dagi Joze Mourinyuni ko'ryapman. Neytral muxlislar orasida bu jamoalar unchalik negativ sifatida qabul qilinmaydi. O'sha paytdagi "Chelsi" kabi hozirgi "Arsenal" ham pragmatik bo'lishdan qo'rqmaydi, o'zining mustahkam himoyasiga qarab, titul uchun kurashadi. Bu orqali raqibga na taktik, na hujumkor kombinaciyali hujumlarga ham imkoniyat qoldirilmaydi", - dedi Karrager.



