

LARGOESPN xabariga ko'ra, FIFA Jahon chempionatida debyut qiladigan futbolchilar uchun maxsus yamoqni joriy qilmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida Jahon chempionati debyutantlari (masalan, yosh ispaniyalik Lamin Yamal) maydonga engiga yoki ko'kragiga yorliq yopishtirib chiqadi.

Bu detal kelajakdagi superyulduzlarga e'tibor qaratish va ularning eng katta futbol sahnasidagi ilk qadamlari ahamiyatini ko'rsatish uchun mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Yamalning mundialdagi ishtiroki noma'lumligicha qolmoqda. "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi 18 yoshli futbolchisi jarohatidan tiklanish bilan band.
Dastlab, vingerning tiklanishi 4 oygacha davom etishi kutilgandi, ammo vaziyat unchalik yomon emasligi ma'lum bo'ldi va u Jahon chempionatida debyut qilish imkoniyatiga ega.



