FIFA afsonaviy kompaniya bilan 60 yillik hamkorlikdan so'ng shartnomani bekor qiladi

Sherzod Nurmatov
8 may 2026, 12:15
FIFA 60 yillik hamkorlikdan so'ng Panini kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilmoqda, deb xabar berdi ESPN.

7 may kuni futbolning yuqori boshqaruv organi Jahon chempionati uchun maxsus cheklangan nashrdagi o'yinchi kartochkalarini chiqargan Panini kompaniyasi bilan hamkorlikni tugatishga qaror qilgani e'lon qilindi. FIFA va Panini o'rtasidagi hamkorlik qariyb 60 yil davom etdi, ammo 2031 yildan boshlab butunlay tugaydi.

Xabar qilinishicha, ushbu kartochkalarni chiqarish ananasi yo'qolmaydi, ammo endi ishlab chiqarishni Toops/Fanatics o'z zimmasiga oladi. 2030 yilgi Jahon chempionati Panini o'zining ramziy kartochkalarini chiqaradigan so'nggi turnir bo'ladi.

FIFA bilan hamkorlikda chiqarilgan birinchi Panini kartochkalari 1970 yilda paydo bo'lgan. Ko'plab muxlislar FIFAning qarorini musobaqa ananalariga chinakam xiyonat deb bilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN