JCH-2026 saralashi: Qirg'iziston terma jamoasiga yana ikki nafar futbolchi chaqirildi

Абдулвосит Бектемиров
29 avg 2024
Qirg'iziston futbol milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatining saralash bosqichi uchinchi raundiga tayyorgarligini davom ettirmoqda.

JCH saralashi. Qirg'iziston - O'zbekiston uchrashuvida "VAR" bo'ladimi?


Maksim Lisicin boshchiligidagi jamoa birinchi tur uchrashuvida 5 sentyabr kuni Eronga mehmonga boradi, ikkinchi turda esa Bishkekda O'zbekiston bilan o'ynaydi.

Hozirda jamoa kengaytirilgan tarkibda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda. 27 avgust kuni jamoa safiga dastlabki ro'yxatga kiritilmagan yana ikki futbolchi chaqirildi. Qayrat Jirgalbekov va Uzdenovlar terma jamoa safiga kelib  qo'shilishdi.

Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin bir necha kun avval Qirg'iziston terma jamoasinig Jahon chempionati saralash bosqichi bahslari uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qilgandi.



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Акиpress.com