"Xall" ushbu yozda 18 nafar o'yinchi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2026, 12:13
"Xall" yozgi transfer oynasi yopilishi oldidan yana ikki nafar futbolchini xarid qildi.

APL klubi "Stok Siti" vingeri Sorba Tomas bilan shartnoma imzoladi va u bilan 4 yillik bitim tuzdi. Uels terma jamoasining 27 yoshli o'yinchisi uchun 8 million funt va bonuslar to'landi, xabar beradi Mayk Uayt. O'tgan mavsumda Chempionshipning 45 ta o'yinida Tomas 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bundan tashqari, "yo'lbarslar" "Olimpiakos" yarim himoyachisi Xristos Muzakitisni sotib olishdi va u bilan besh yillik shartnoma imzolashdi. 19 yoshli gretsiyalik futbolchi uchun inglizlar 15 million evro to'lashdi, deb xabar beradi Pit O’Rurk. U klubning bu yozdagi 18-yangi a'zosiga aylandi. O'tgan mavsumda Xristos Gretsiya chempionatining 26 ta o'yinida 1 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/HullCity