JCH-2022 saralashi. Yangi Zelandiya yo'llanma uchun KONKAKAFning 4-jamoasi bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
31 mar 2022
Yangi Zelandiya terma jamoasi Okeaniya mintaqasida JCH-2022 saralashi g'olibiga aylandi.

Terma jamoa saralash finalida Solomon Orollarini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi ular KONKAKAF mintaqasining to'rtinchi jamoasi bilan JCH yo'llanmasi uchun o'ynashadi. Bahs 13 yoki 14 iyun kuni o'tkaziladi. 

Ayni paytda KONKAKAFda 4-o'rinni Kosta-Rika terma jamoasi egallab turibdi. 

Yangi Zelandiya 2010 yili JCHda ishtirok etgan. 2013 yilda pley-offda Meksikaga, 2017 yilda esa Peruga imkoniyatni boy berib qo'ygan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia