

Italiya futboli tarixiy lahzani boshdan kechirmoqda. Mashhur insayderlar Nikolo Skira, Janluka Di Marcio va Fabricio Romano bir vaqtning o'zida e'lon qilganidek, Gabriele Gravina Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti lavozimidan rasman iste'foga chiqdi.
Bu qaror ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizlik, klublar, siyosatchilar va jamoatchilik tomonidan bosim kuchayganidan so'ng muqarrar bo'lib qolgandi.
Di Marcioning so'zlariga ko'ra, federatsiyaning yangi rahbarini saylash 22 iyunga belgilangan. Ungacha FIGC o'tish davri boshqaruv rejimida ishlaydi, nomzodlarning ro'yxatlari yaqin kunlarda tuziladi.
Ma'lumot o'rnida, Gravina federatsiyani 2018 yildan beri boshqarib kelayotgan edi.



