

Uchrashuv boshlanishiga 2 soat qolganida Qirg'iziston terma jamoasining barcha murabbiylari, mamuriyat, futbolchi Bekjan Saginbaev, darvozabonlar Erjan Tokataev, Kadirbekov Qutman va Kashuba Valeriy koronavirus infekciyasi bilan kasallangan deb shubha qilingani bois jamoadan alohida qilindi. Texnik mag'lubiyatdan qutulib qolish uchun Qirg'iziston terma jamoasi bugungi o'yinni darvozabonsiz o'tkazdi. Darvozani himoyachi Ayzar Akmatov qo'riqladi.
Bahs taqdirini Oyunbaatar Mijiddorj tomonidan urilgan yagona gol hal qildi - 0:1.
Qirg'iziston - Mo'g'uliston 0:1
Gol: Oyunbaatar Mijiddorj 34.
Toshkent vaqti bilan soat 15:30da ushbu guruhdan o'rin olgan Yaponiya - Tojikiston uchrashuvi boshlanadi.



