JCH-2018. Alirizo Fag'oniga muhim uchrashuv ishonib topshirildi

12 iyul 2018, 22:45
FIFA JCH-2018ning uchinchi o'rini uchun bo'ladigan bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Jahon chempionatining bronza medallari uchun kurashadigan Belgiya - Angliya o'rtasidagi bahsni eronlik Alirizo Fag'oni boshqarib boradi.

JCH-2018.
14 iyul.

3-o'rin uchun o'yin

Belgiya - Angliya

Hakamlar
: Alirizo Fag'oni, Reza Suhandan, Moha Mansuri (barchasi - Eron).
Zaxira hakami: Malang Diedxiou (Senegal)
Nazoratchi: Jibril Kamara (Senegal)


Manba: championat.asia