JAR Afrika Kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 dek 2018, 12:44
Janubiy Afrika Respublikasi sport vazirligining ma'lum qilishicha, mamlakat 2019 yilda o'tkaziladigane Afrika Kubogiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan.

Oldinroq, Afrika futbol konfederatsiyasi Kot-d'Ivuarni 2021 yilda o'tkaziladigan qita kubogini olib qo'ygan edi. Bu huquq 2019 yildagi turnirni o'tkazishga ruxsat berilmagan Kamerunga taqdim etildi. Kamerunliklar kelasi yilgacha barcha arenalarni qurib bitkaza olmasligi tufayli, musobaqa boshqa davlatga topshiriladi. Natijada Kot-d'Ivuar 2023 yilgi Afrika Kubogiga mezbonlik qiladi.

Afrika Kubogi kelasi yilning 15 iyunidan 13 iyuligacha bo'lib o'tadi. Turnirga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi 9 yanvar kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP