

Bir qator nufuzli nashrlarning xabar berishicha, Janubiy Koreya terma jamoasi 15 noyabrdagi bahsdan oldin Kanada bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Ushbu o'yin 11 noyabr kuni Seulda 90 km. uzoqlikda joylashgan Jeonandagi Jeonan stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ham Janubiy Koreyaga qarshi bahs oldidan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Toshkentda bo'ladigan bahsda vakillarimiz Iordaniyaga qarshi o'ynashadi.



