Jaloliddin Masharipov: "O'yinimizdan ko'nglim to'lmadi, bundan yaxshiroq o'ynay olamiz"

Абдулвосит Бектемиров
6 sen 2024
O'zbekiston terma jamoasi va "Istiqlol" klubi a'zosi Jaloliddin Masharipov KXDRga (1:0) uchrashuvidan so'ng OAV vakillariga intervyu berdi.

"Jamoaviy o'yinimizdan ko'nglim to'lmadi. Bundan ham yaxshiroq o'yin namoyish eta olamiz, lekin birinchi o'yin bo'lgani uchun biroz hayajon sezildi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi uchrashuvlarda bundan ham yaxshiroq o'yin namoyish etamiz. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo KXDR va Qirg'iziston kabi terma jamoalarga qarshi uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritishimiz zarur" - deya fikr bildirdi bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jaloliddin Masharipov.





Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia