Jaloliddin Masharipov jamoasida bosh murabbiy ishdan bo'shatildi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024
Javod Nekunam Tehronning "Istiqlol" klubini tark etdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

U Elit Osiyo Chempionlar Ligasida Qatarning "Al Sadd" jamoasiga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchralganidan keyin lavozimidan ketdi.



Nekunam o'tgan hafta "Tehron derbisi"da "Persepolis"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqishini aytgan, biroq boshqaruv kengashi bu qarorga rozi bo'lmagandi.

"Istiqlol" Dohada ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shundan so'ng Nekunam bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini davom ettirmasligini ma'lum qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: esteghlaltehranfc.com