Jahongir Usmonov: "Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijamizni yangilashni maqsad qilganmiz"

Абдулвосит Бектемиров
27 may 2024, 07:45
Samarqandda o'tkazilgan FIFA futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasiga qur'a tashlash marosimidan so'ng O'FA qoshidagi Futzalni rivojlantirish qo'mitasi rahbari Jahongir Usmonov qur'a haqida fikrlari bilan bo'lishdi

- FIFA O'zbekistonga bunday katta musobaqani birinchi marotaba ishonib topshirdi. Jahon chempionatidek musobaqani o'tkazish o'zbek sportiga qanchalik foyda keltiradimi?

- Futzal bo'yicha mundialga mezbonlik qilayotganimiz bizga katta foyda. O'zbekistonning bor imkoniyatlarini butun dunyoga ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat. Musobaqani a'lo darajada o'tkazsak, boshqa sport turlaridagi katta musobaqal ham ishonib topshirilishi mumkin bo'ladi.

- O'zbekiston futzal terma jamoasining oldiga qanday vazifa qo'yildi?

- O'z oldimizga eng katta vazifa qo'yganmiz. Ketma-ket uchinchi Jahon chempionatida ishtirok etmoqdamiz. So'ngi mundialda tariximizdagi eng yaxshi natijaga erishdik, yani guruhdan chiqdik va pley-off bosqichida ishtirok etdik. Endi esa, ushbu natijani yanada yaxshilash vaqti keldi. Yangi tarix yaratish uchun barcha imkoniyatlarimiz bor.

- Guruhimizdagi raqiblarimiz haqida nimalar deya olasiz?

- O'rtacha guruhdan joy oldik, lekin oson raqiblar yo'q.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia