Ixtiyor Toshpo'latov: "O'zbekiston Kubogida shunchaki qatnashmoqchi emasmiz"

Sherzod Nurmatov
8 may 2026, 11:22
Birinchi liga 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor-2" – "Guliston" (1:2) o'yinidan so'ng gulistonliklar etachki futbolchilaridan biri bo'lgan Ixtiyor Toshpo'latov bahs borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin juda qiziq bo'ldi. "Bunyodkor-2" ham juda yaxshi shakllangan jamoa ekan. Bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Ammo g'alaba qozonishni ko'proq istagandik. Natijada maqsadimizga erishdik. Bizda juda ahil jamoa yig'ilgan, har bir bahsda muvaffaqiyat qozonish va Proliga sari qadam tashlamoqdamiz. Butun jamoa bir oiladek bo'lib harakat qilmoqda. Bu g'alaba bilan hamma sirdaryolik muxlislarni tabriklayman.

O'zbekiston Kubogida ham katta maqsad va vazifalar qo'yganmiz. Turnirda shunchaki qatnashmoqchi emasmiz. Garchi guruhimizda kuchli jamolar bo'lishiga qaramay, keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilamiz. Imkon bor ekan, bundan unumli foydalanishga urinamiz", – dedi Toshpo'latov.

Eslatib o'tamiz, “Guliston” “D” guruhida “Neftchi”, “BuxDU” va “Buxoro” bilan bahs yuritadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Гулистон" матбуот хизмати