Italiya Kubogi. "Komo" penaltilar seriyasida "Napoli"ni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi

Iskandarov Abdulaziz
11 fev 2026
Italiya Kubogi 2025/2026 mavsumi chorak finalidan o'rin olgan "Napoli" - "Komo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Neapol shahridagi "Diego Armando Maradona" stadionida bo'lib o'tgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida esa mehmonlar g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida "Komo" yarim himoyachisi Martin Baturina hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida, 47-daqiqada "Napoli" yarim himoyachisi Antonio Vergara muvozanatni tikladi. Belgilangan vaqtda g'olib aniqlanmaganidan so'ng, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda "Komo" futbolchilari aniqroq harakat qildi.

11 fev 2026, 01:00
Napoli — Como
1 – 1
Pen. seriyasidan so'ng



Shu tariqa, "Komo" jamoasi musobaqa yarim finaliga yo'l oldi.

Ma'lumot uchun, Italiya Kubogining amaldagi sohibi - "Bolonya" hisoblanadi. Jamoa o'tgan mavsum finalida "Milan"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia