Italiya futbol federatsiyasi bir murabbiyga terma jamoani boshqarishni taklif qildi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2018
"Bavariya" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya futbol federatsiyasi mutaxassisga mamlakat milliy jamoasini boshqarishni taklif qildi. Anchelotti "Milan", PSJ va "Real"dagi ishlari bilan mashhur.

Oldinroq, Italiya terma jamoasini "Zenit" ustozi Roberto Manchini boshqarishi mumkinligi aytilgan edi.

Italiya terma jamoasi saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia