Anchelotti Braziliya terma jamoasidagi asosiy muammoni aniqlab oldi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2026
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini JCH-2026'ga olib chiqdi va hozirda jamoani turnirga tayyorlamoqda.

U allaqachon "selesao" bilan bog'liq asosiy muammoni aniqlagan. "SBT Sports"ga bergan intervyusida italiyalik murabbiy hozirda jamoaga himoyachilar etishmayotganini aytdi.

"Bizga himoyachilar etishmayapti. Braziliyada ilgari Marselo va Kafu bor edi. Endi bizda bu sohada biroz kamchiliklar mavjud", – dedi Anchelotti.

Braziliya 26 mart, payshanba kuni Fransiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. 1 aprel kuni esa Xorvatiyaga qarshi o'ynaydi.

Braziliya 2026 yilgi Jahon chempionatida Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SBT Sports