Ispanlar Yevropani zabt etishdi. Qizil furiya ikki kun ichida ikkita Evroda g'alaba qozonishdi

Khoja
29 iyul 2024
Bugun tunda Evro U-19 final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ispaniya yoshlar terma jamoasi Fransiyaga qarshi bahs olib bordi. Bahs 2:0 hisobida Qizil furiyaning g'alabasi bilan yakunlandi.

Qizig'i bir kun avval qizlar o'rtasidagi Evro U-19 turnirining finalida ispaniyalik qizlar Niderlandiyani mag'lub etib, Yevropa chempioni bo'lishgandi.

Ispaniya ayni vaqtda quyidagi chempionatlarda amaldagi chempion hisoblanadi.

Ayollar o'rtasida jahon chempioni

Evro-2024

Millatlar ligasi

Ayollar o'rtasidagi Millatlar ligasi

Evro U-19

Qizlar o'rtasida JCH U-20

Qizlar o'rtasida JCH U-17

Qizlar o'rtasida Evro U-19

Qizlar o'rtasida Evro U-17.


KhojaMuallif
Manba: championat.com