

Ushbu bahs 9 iyuldan 10 iyulga o'tar kechasi 00:00da o'tkaziladi.
- Bu biz uchun fantastik imkoniyat. Biz ko'p ter to'kdik va shu erda bo'lishga munosibmiz. Bu final bo'lishi ham mumkin edi.
Ushbu tipdagi uchrashuvlarda hammasini detallar hal qiladi, kamroq xato qilish lozim. Biz tarixiy imkoniyatga loyiqmiz.
- Ispaniya qanday o'ynaydi?
- Har doim g'alaba qozonishga harakat qilmaiz. O'yin modelimiz shouga o'xshaydi, u juda tomoshabop va yorqin. Ammo asoiysi - g'alaba. Maftunkor va foydali o'ynash kerak.
- Fransiya o'yini siz uchun zerikarli emasmi?
- Men baholayman va potencialni tahlil qilaman va bu narsa fransiyaliklarda fantastik darajada. Ulardagi futbolchilarning mahoarati juda yuqori. Doim ularning futbolidan rohat olganman. Zerikarli emas, bizning uslublarimiz farq qiladi.
Biz tayyormiz. Fransiya jismonan juda kuchli jamoadek tasavvur uyg'otyapti, ammo ularga qarshi qanday quroldan foydalanish kerakligini yaxshi bilamiz" - dedi de la Fuente.



