

Dastlabki uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozongan “Valensiya”, “Alaves” maydonida katta qiyinchilikka uchradi. O'yinning asosiy vaqtida “Alaves” 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yin qo'shimcha bo'limlarda davom etdi, ammo hisob o'zgarmadi. Navbat penaltilar seriyasiga keldi va unda omad “Valensiya”ga kulib boqdi.
Shunday qilib yarim finalning ikki ishtirokchisi ma'lum bo'ldi: “Sevilya” va “Valensiya.”



