Islom Rashidxonov - "Lokomotiv" futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2021, 14:52
Istedodli yarim himoyachi "temiryo'lchilar" bilan kelishuvga erishdi.

Faoliyatining asosiy qismini "Nasaf"da o'tkazgan Islom Rashidxonov bundan buyon "Loko" sharafini himoya qiladi. Mohir futbolchi jamoamiz safiga "Navbahor"dan kelib qo'shildi. 

Ma'lumot uchun, Islom Rashidxonov faoliyatini Qarshining "Nasaf" klubida boshlagan. U 2016-2019 yillar oralig'ida qarshiliklar tarkibida O'zbekiston chempionati doirasida 81 uchrashuvda maydonga tushgan. Rashidxonov o'tgan yilni "Navbahor" safida o'tkazib, Superligada 22ta bellashuvda harakat qildi. 

Shu o'rinda Islom Rashidxonovga "Lokomotiv" oilasiga xush kelibsan deb qolamiz", - deb yozadi "Lokomotiv" matbuot xizmati.






Reklama





Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати