Inyaki Uilyams Yevropadagi so'nggi 40 yillik rekordni o'rnatdi

Alisher
5 noya 2022
"Atletik" hujumchisi Inyaki Uilyams "Jirona" (1:2)ga qarshi Ispaniya chempionati 13-tur doirasidagi o'yinda ishtirok etdi.

Jurnalist Pedro Martinning xabariga ko'ra, bu 28 yoshli afrikalik uchun La Ligadagi ketma-ket 246-o'yin bo'ldi. 

Bu so'nggi 40 yil ichida Yevropaning kuchli beshlik ligalarida o'yinlar soni bo'yicha eng yaxshi natijadir.

"Ayntraxt" o'yinchisi Manfred Binc ham 1987 yildan 1994 yilgacha Germaniya chempionatida ketma-ket 246ta o'yindan birortasini o'tkazib yubormagan.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru